"Al Fayha" bilan shartnomasi yakuniga etgan tajribali xavbekka "Persepolis" qiziqmoqda. Bosh murabbiy Vohid Hoshimyanning shaxsan o'zi uni jamoada ko'rmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, "Persepolis" ayni paytda o'zbekistonlik yarim himoyachi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Transfermarkt portali 29 yoshli Shukurovni 1,8 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, "Persepolis"da O'zbekiston terma jamoasining yana bir vakili Oston O'runov to'p tepadi.