Bu haqda Termiz klubi matbuot xizmati malum qildi.
"20 yoshli hujumchimiz Abdug'afur Xaydarov "Qo'qon-1912" klubiga ijaraga berildi. Haydarov joriy mavsum oxirigacha qo'qonliklar safida harakat qiladi. Ijara shartnomasida sotib olish bandi ko'zda tutilmagan", – deyiladi xabarda.
20 yoshli Haydarov joriy mavsum "Surxon" safida 15 o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo'q.
Shuningdek, "Surxon" tomonining malum qilishicha, Jahongir Abdusalomov jamoani tark etgan. U 2,5 mavsum davomida barcha musobqalarda 57 o'yin o'tkazib, 15 t gol urgan edi.