"Yig'inimizga to'xtaladigan bo'lsak. Yig'inimizning dastlabki qismi Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. 18 iyul sanasida esa Moskvaga jo'nab ketamiz. Moskva shahrida bir qator mahalliy klublar bilan nazorat uchrashuvlarida ishtirok etamiz. Hozirgi kunda Moskvada ob-havo yaxshi. Yoz bo'lgani sabab ko'plab klublar tatilda va shu fursatdan foydalanib, yig'in tashkillashtirdik. Yigitlar sport formasini optimal holatda ushlab turishimiz kerak. Yig'in davomida yangi taktikalarni sinab olamiz" - deya fikr bildirdi Islombek Ismoilov.