"Chuqurroq kavlasang, bizning futbolda ko'pchilikni qamash mumkin"

  • Mr.NoBoDy 16.07.2025 13:32
  • 45
  • 30

"Zenit" sobiq futbolchisi Boris Chuxlov "Torpedo"ning RPLdan chetlatilishini ortiqcha jazo deb hisoblaydi.

O'tgan haftada Moskva klubi RFI (Rossiya futbol Ittifoqi) Tartib-intizom qo'mitasi qarori bilan kelishilgan o'yinlarni tashkil qilishga urinish sababli RPLda ishtirok etish huquqidan mahrum qilindi. "Torpedo"ning sobiq direktori Valeriy Skorodumovga 10 yilga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyat bilan shug'ullanish taqiqlandi, klub egalaridan biri Leonid Sobolevga esa 5 yilga.


"To'g'risi, tushunmadim, klubni nega bunday jazolashdi. Futbolchilar butun mavsum bir daraja ko'tarilish uchun o'ynashdi. Birinchi ligadan RPLga chiqish oson emas.


Agar chuqurroq kavlasang, bizning futbolda ko'pchilikni qamash mumkin. Hakamlar, agentlar, vositachilar, klub direktorlari... Ishoning, bizning organlar buni eplay oladi. Lekin bundan nima foyda? "Torpedo"ni bu nuqtai nazardan noto'g'ri jazolashdi.


Klub rahbarlarini noqonuniy xatti-harakatlar uchun chetlashtirish kerak – bu rost. O'z jamoasi ishtirokidagi o'yinlarga stavka qo'ygan futbolchilar – bundaylarga umrbod taqiq qo'ygan bo'lardim. Lekin klubni boshqa divizionga o'tkazish bilan jazolab bo'lmaydi.


Sizningcha, "Torpedo" boshliqlari nima qilayotganini hech kim bilmasmidi? Ayniqsa, hakam, aniqlanishicha, rostgo'ylik bilan ish tutdi – jamoaga yordam berish taklifini qabul qilmadi. Unda klubni nega jazolashdi? Bu ishda aybdor odamlarni chetlashtiring", – dedi "Zenit"ning sobiq hujumchisi.

Ўхшаш янгиликлар