"Leypcig" 20 mln. evroga 18 yoshli vinger sotib oldi

  • Mr.NoBoDy 16.07.2025 15:08
  • 60
  • 30

"Leypcig" 18 yoshli vinger Diomande uchun "Leganes"ga 20 million evro to'ladi.

"RB Leypcig" "Leganes"ning 18 yoshli vingeri Yan Diomande bilan shartnoma imzoladi.


Ivuarlik o'yinchi bilan shartnoma 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.


As xabariga ko'ra, transfer summasi 20 million evroni tashkil etdi. "Leganes" uchun Diomande sotish 2020 yil qishda Yussef En-Nesirining "Sevilya"ga o'tishi bilan birga rekord bo'ldi.


Diomande "Leganes"ga joriy yilning yanvar oyida o'tgan edi. U La Ligada 10 ta o'yinda 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi.

Ўхшаш янгиликлар