"The Athletic" malumotiga ko'ra, Mersisayd klubi hujumchini 80 million evroga sotib olishga tayyorligini bildirgan.
Biroq Fabricio Romanoning aytishicha, Frankfurt klubi bu taklifga rad javobini bergan va futbolchisi ortidan ko'proq summa ishlab olishni istayotganini malum qilgan. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Ekitikening o'zi "Liverpul"ga ijobiy javob bergan va shaxsiy shartnoma borasida muammo bo'lmaydi.
Ekitike o'tgan mavsum Bundesliganing 33 o'yinida 15 gol va 8 assist qayd etgan.