"Sabah" va Umarali Rahmonaliev Evropa ligasi saralashida muvaffaqiyatsizlikka uchradi

  • Mr.NoBoDy 18.07.2025 01:48
  • 54
  • 30

Evropa ligasi saralashi doirasida Ozarbayjonning "Sabah" klubi Sloveniyaning "Cele" jamoasi to'sig'idan o'ta olmadi.

Bahsda Ozarbayjon klubi 3 daqiqada ikkita gol urib, kambek qayd etayotgandi. Biroq "Cele" jamoasi qo'shimcha bo'limlarda 1 gol urib, umumiy hisobda oldinga chiqib oldi va saralashning keyingi bosqichiga yo'llanma oldi.

Bahsda hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev 77-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgandi, biroq 117-daqiqada u yana zaxiraga olindi.

Match-senterda ochish

Shu tariqa bahsda mag'lub bo'lgan Ozarbayjonning "Sabah" jamoasi Evropa ligasi saralashini tark etdi va omadini Konferenciyalar ligasi saralashida sinab ko'radi. Bu yo'lda ularga raqib Moldaviyaning "Petrokub" jamoasi bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar