Oldinroq braziliyalik futbolchi "Real" bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayotgani borasida malumotlar tarqagandi.
Ushbu holatni kuzatib borayotgan Saudiya Arabistonidagilar esa yaqin vaqtlarda futbolchi bilan aloqaga chiqib, u bilan shartnoma imzolash variantlarini ko'rib chiqmoqchi. Arab shayhlari yaqin 3 yil ichida ushbu transferni amalga oshirishni istashmoqda.
Braziliyalik vinger uchun arablar 350 million evro to'lashga tayyor. Agarda ushbu summa orqali transfer amalga oshadigan bo'lsa, Vinisius futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi.