Lyov yoki Bilich kelishiga Kapadze nima deydi?

  • Mr.NoBoDy 18.07.2025 10:16
  • 72
  • 30

So'nggi paytlarda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga Yoaxim Lyov yoki Slaven Bilich nomzodi ko'rib chiqilayotgani haqida xabarlar bong urmoqda.

Albatta bu borada terma jamoamiz ustozining fikrlari qiziq. Timur Kapadzega mazkur mavzu yuzasidan murojaat qildik.

"To'g'risi, nima bo'layotganini tushunmayapman. Men ham bu xabarni ijtimoiy tarmoqlarda ko'rdim. Menga O'FAdan hech kim malumot bergani yo'q. Kimnidir olib kelish borasida ham hech narsa deyishmadi. Bu xabarga nimadir deb javob berish qiyin. Menga berilgan vazifani bajardim. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Nasib bo'lsa ishlaymiz, bo'lmasa boshqa joyda.  

Bu feyk xabarmi yoki jarayon ketyaptimi hech kim malumot bermadi. Hozir terma jamoa murabbiyiman. Ishlashda davom etyapman",- deydi Timur Kapadze.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar