Oldinroq malum bo'lganidek, 27 yoshli forvard sotib olish huquqi bilan ijara asosida "Barselona"ga o'tgandi. Yaqin soatlar ichida uning transferi rasman elon qilinishi kutilmoqda.
Reshford "Barselona"dagi kumiri Terri Anri sababli 14-raqamni tanlagan. Shuningdek, u 2015/2016 yilgi mavsumga qadar "Yunayted"ning 21 yoshgacha bo'lgan tarkibida ham aynan shu raqam ostida harakat qilgan.
Keyinchalik u mankunianliklar tarkibida 19 va 10-raqamda ham o'ynadi.