Bu haqda Qirg'iz futbol ittifoqi rasman malum qildi.
"Qirg'iziston terma jamoasi hujumchisi Joel Kojo O'zbekiston Superligasi ishtirokchisi bo'lgan "Neftchi" (Farg'ona) klubiga ijara asosida o'tdi.
Futbolchi Eronning "Istiqlol" klubiga tegishli va kelishuvga ko'ra, mavsum so'nggiga qadar Farg'onada to'p tepadi. So'ngra Eronga qaytadi.
Kojoga omad tilaymiz va ajoyib golllar kutib qolamiz", — deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, futbolchi "Istiqlol" (Eron)ga qadar Samarqandning "Dinamo" klubida harakat qilgan.
Joel Kojo faoliyatini O'zbekistonda davom ettirishi mumkin"Neftchi" Joel Kojo uchun qancha sarflashi malum