Insayder Abdulaziz Iskandarovning xabar berishicha, futbolchi tunda Toshkent shahriga etib kelgan.
22 yoshli futbolchi Chernogoriya U-21 terma jamoasi azosi hisoblanadi. Futbolchi faoliyati davomida jami 83 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 22 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.
Transfermarkt nashri futbolchini 150 ming evroga baholagan.