Zaid Tahsin: "OKMKdan ustun edik. "Paxtakor" azosi bo'lish sharaf"

  • Mr.NoBoDy 06.08.2025 01:32
  • 60
  • 30

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – OKMK (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachisi Zaid Tahsin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yaxshi o'yin o'tkazdik, ayniqsa ikkinchi bo'limni samarali o'tkazdik. Raqibdan ustun edik. O'yinni nazorat qildik. O'tkazib yuborilgan gollarni ko'rgan bo'lsangiz, raqib standart vaziyatlardan unumli foydalanib ketdi. Bunday xatolar ustida ko'proq ishlashimiz kerak. Kelgusida barcha kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. Oldinda muhim o'yinlar kutib turibdi.

"Paxtakor" O'zbekistondagi eng nufuzli va ulkan klub hisoblanadi. Ushbu jamoa azosi bo'lish nafaqat men, balki har bir futbolchi uchun sharaf. Inshaalloh, masuliyatni oqlashga harakat qilaman", dedi iroqlik futbolchi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar