22 yoshli futbolchi allaqachon Parijga etib kelgan va ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi. Parij klubi futbolchining transferi uchun 68 million evro sarflaydi.
Futbolchining o'zi bilan esa 5 yillik shartnoma imzolanadi.
Zabarniy o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 42 mln evroni tashkil etadi.