Shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi va belgiyalik futbolchi maydonda 5-raqam ostida to'p tepadi.
OAV xabariga ko'ra, transfer taxminan 20 million evroni tashkil qilgan. Oldindan tuzilgan qayta sotish shartnomasiga ko'ra, futbolchining sobiq klubi "Yuventus" bu summaning taxminan 20-25 foizini oladi.
De Vinter 2024 yilning mart oyida Belgiya terma jamoasidan ilk marta chaqiruv olgan va Irlandiyaga qarshi o'yinda debyut qilgan.