Bu haqda "Madrid-Barcelona" malumot berdi.
Mavsum boshlanishidan oldin mutaxassis futbolchilar, jumladan, Yamal bilan bir nechta shaxsiy suhbatlar o'tkazdi. Germaniyalik murabbiy yosh ispaniyalik ijtimoiy tarmoqlarda haddan tashqari ko'p vaqt o'tkazayotgani, bu uning faoliyatiga putur etkazishi mumkinligini takidlagandi.
Mutaxassis o'yinchidan bor etiborini ishga qaratish va etiborni o'ziga jalb qilmaslikni so'ragan. Flik butun jamoadan intizom va professionallikka rioya etishni talab qilgan.