Edersonning "Galatasaroy"ga transferi: "Manchester Siti"ning yangi talablari malum

  • Mr.NoBoDy 19.08.2025 11:32
  • 69
  • 30

Angliyaning "Manchester Siti" va Turkiyaning "Galatasaroy" klublari braziliyalik darvozabon Ederson borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

"10 million evrolik dastlabki taklifdan so'ng "Manchester Siti" katta farqni tashkil etadigan summa – taxminan 25 million evro so'radi, ammo klublar bir to'xtamga kelishga harakat qilmoqda", – deb yozmoqda Fabricio Romano.

Jurnalistning fikricha, Ederson "Galatasaroy"ga o'tishga qiziqmoqda.

Braziliyalik darvozabon 2017 yildan buyon "shaharliklar"da o'ynab kelayotgandi. Bungacha u Portugaliyada "Ribeyra", "Riu Ave" va "Benfika" ranglarini himoya qilgan.

U 2017 yildan buyon Braziliya terma jamoasida ham o'ynab kelmoqda. Ederson "Manchester Siti" bilan ko'plab chempionliklarni qo'lga kiritgan va 2019 yilda Braziliya terma jamoasi bilan Amerika Kubogida g'olib chiqqan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar