38 yoshli forvard 500 o'yinda 200 ta gol urgan hamda APL va Angliya Kubogi titullarini qo'lga kiritganidan so'ng "Lester"ni tark etdi. Endi Italiya chempionlari uni 3 oyga safdan chiqqan Romelu Lukakuga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Nikolas Jekson muqobil bo'lib qolmoqda, lekin u juda qimmat.
Yoshiga qaramay, Vardi formasi va mentaliteti bilan qadrlanadi. Unga "Seltik" va "Everton" tomonidan ham qiziqish mavjud.
Avvalroq Rebekkaning farzandlari "Inter Mayami" libosida ko'rinish berishi ortidan futbolchining MLS'ga o'tishi haqida mish-mishlar kuchayib ketgandi.