iks
ads

Mirjalol Qosimov: "Har bir o'yin qiyin kechmoqda. "Xorazm" ham bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi"

  • Mr.NoBoDy 24.08.2025 01:40
  • 75
  • 30

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliga 20-tur doirasidagi "Xorazm" (3:1)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Asosiysi uch ochkoga ega bo'ldik. Har bir o'yin qiyin kechmoqda. Birinchi davrada ham qiynalgandik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. "Xorazm" jamoasi ham bugun yaxshi harakat qildi. Raqib hujumida harakat qilgan Bobojonov va Samiev himoyachilarimizga qiyinchilik tug'dirdi va ulardan biri golga aylandi. Juda ham qiziqarli, ammo og'ir o'yin bo'ldi. Vaziyatdan foydalanib, bizni qo'llab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman", — deya gapni boshladi olmaliqliklar bosh murabbiyi.

— Birinchi bo'limda qanotdan boshlangan hujumlarda to'p markazgacha etib bormadi. Bunga noaniq uzatmalar ham sabab bo'ldi. Jarima maydonchasi tashqarisidan zarba bera oladigan o'yinchilar yo'qmi?

— Boshqa tomondan, uchta markaziy himoyachi bilan yaxshi harakat qilgan "Xorazm"ni ham takidlab o'tish kerak. Qanotda harakat qilgan 7 va 94-raqamli o'yinchilari yaxshi harakat qilib, hujumga tezkorlik bilan chiqishdi. Shuningdek, 45-daqiqada Nodir Abdurazzoqov ajoyib kombinaciyadan so'ng yaratilgan vaziyatdan foydalanishi kerak edi.

Futbol shunisi bilan qiziq. Samarqandda ham mag'lubiyatga loyiq emasdik. Birinchi bo'limda Xurshid [G'iyosov] va [Ajak ] Riakda imkoniyat bo'lgandi. "Sen urmasang, senga urishadi" degan maqol bor. Bu o'z tasdig'ini topadi.

— Endilikda katta tanaffus kuzatiladi. Bu murabbiylar uchun biroz bosh og'rig'i bo'ladi. Futbolchilarni qanday qilib tonusda ushlab turasiz?

— Avvalambor, milliy terma jamoa va U-23ga chaqirilgan o'yinchimiz bor, ularga omad tilab qolamiz. O'ylaymanki, ular jamoaga yaxshi tayyorgarlik bilan kelishadi deb umid qilamiz. Bunga ko'nikib ham qoldik. Endi start olganda FIFA kuni boshlanib qoladi va bunday holatda tonusdan chiqib qolinadi. Buyog'ini vaqt ko'rsatadi. Keyingi o'yinimiz 12 sentyabrda, unga qadar o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz. Bu degani dam olamiz degani emas, yigitlarga uch kun dam beramiz va shundan so'ng keyingi o'yinlarga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Ўхшаш янгиликлар