"Rosario" klubining argentinalik sehrgari Anxel Di Mariya "Nyuell" jamoasiga qarshi jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, yana o‘z sehrini ko‘rsatdi. 82-daqiqada jarima zarbasidan kiritilgan gol "Rosario"ga g‘alaba keltirdi va qirq mingdan ortiq muxlislarni xursand qildi.
"Yuventus" va "Real"ning sobiq futbolchisi yigirma metrlarcha masofadan to‘pga chap oyog‘i bilan zarba berdi, raqib darvozaboni Xuan Espinola esa hech narsa qila olmadi.
Bu o‘yindagi yagona gol bo‘ldi. Muvaffaqiyat "Rosario"ga Argentina chempionatining yangi mavsumida uchinchi o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi.