London klubi futbolchini "Borussiya D"ga sotishga rozi bo'ldi. Transfer narxi 25 million evroni tashkil qiladi. Futbolchining o'zi esa jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Kerni Chukvuemeki bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va yaqin kunlar ichida transfer rasman elon qilinadi.
Malumot uchun, "Chelsi" Kerni Chukvuemekini 2022 yilda "Aston Villa"dan sotib olgandi. Futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Borussiya"da o'tkazdi. U nemis klubi safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan.