iks
ads

"Real" diktator tufayli yangi futbolchisining ismidan voz kechdi

  • Mr.NoBoDy 25.08.2025 11:48
  • 57
  • 30

"Real"da jamoaning yangi futbolchisi Franko Mastantuono atrofida noodatiy vaziyat yuzaga keldi.

Uning rasmiy ismi Franko bo'lishiga qaramay, muxlislar klub do'konlarida ushbu yozuvli formaga buyurtma bera olmaydi.

Sababi – Ispaniyani qariyb 40 yil (1939 yildan 1975 yilgacha) boshqargan diktator Fransisko Franko bilan associaciya. Millionlab ispanlar uchun uning familiyasi repressiya, cenzura va qo'rquv ramzi bo'lib qolmoqda, shuning uchun klub dadil qadam tashladi: "Franko" yozuvi tushirilgan bitta futbolka ham sotilmaydi.

Endi muxlislar faqat familiya – "Mastantuono"ga ega versiyani xarid qilishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, argentinalikning "Real" bilan shartnomasi 6 mavsumga mo'ljallangan. Futbolchi 2019 yildan 2024 yilgacha "River Pleyt" tizimida harakat qilgan va 2024/25 yilgi mavsumda asosiy jamoaga jalb etilgan.

Avvalroq u eng yoqtirgan futbolchisi Messi ekanligini malum qilgan edi. 

Ўхшаш янгиликлар