iks
ads

Abdurauf Bo'riev kubok finalida qaysi klub bilan to'qnash kelishni istashini aytdi

  • Mr.NoBoDy 27.08.2025 12:16
  • 48
  • 30

O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Paxtakor" va "Mashal" o'rtasidagi o'yindan so'ng (3:1) mezbonlar yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- "Paxtakor" muxlislarini yarim final bilan tabriklaymiz. Olg'a yurishda davom etamiz. Maqsadimiz – bosh sovrinni qo'lga kiritish. Har bir o'yin qiyin o'tmoqda. Sababi, har bir jamoa kurashmoqda. Shunga qaramay, imkoniyatlardan foydalangan holda g'alabaga erishdik.

- "Paxtakor"ning yarim finaldagi raqibi haqida so'rasam, jamoa tanlamaymiz, deya javob berishingiz mumkin. Ehtimol, "sherlar" finalga yo'l olgan taqdirda, qaysi jamoa bilan to'qnash kelish qiziqroq tuyulardi?

- Shaxsiy fikrimcha, "So'g'diyona" bilan to'qnash kelishimizni istayman. Sababi, ushbu jamoada Jasur Jaloliddinov singari do'stlarim bor. Ularga qarshi finalda to'p tepish qiziq bo'ladi. 

- "Paxtakor" oxirgi o'yinlarda stabillikni yo'lga qo'ya oldi. Buning siri nimada deb o'ylaysiz?

- Hech qanday siri yo'q. Vaziyatlardan foydalansak bo'lgani. Har o'yin yirik hisobda g'alaba qozonishimiz ham mumkin. Bu o'zimizga bog'liq. Hozir har bir o'yin qiyin o'tmoqda. 

- Yaqinda CAFA Nations Cup turniri start oladi. Bo'lajak raqiblar to'g'risida fikr bildirsangiz.

- Bo'lajak raqiblarni murabbiylar o'rganib chiqishgan. Maqsadimiz – chempionlik. Chunki musobaqada vatanimiz shanini himoya qilamiz. 

Ўхшаш янгиликлар