- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun tomoshabop o'yin bo'ldi deb ayta olaman. "Aral" jamoasini qo'lga kiritilgan uch ochko bilan tabriklayman. Bir necha bor vaziyatlar yaratdik, ammo ijro etishda ozgina omad kelmadi.
- Jamoangiz xavfli vaziyatlardan nima uchun foydalana olmadi?
- Endi ko'proq shu vaziyatlar ustida ishlashimiz kerak bo'ladi. Shundan so'ng gollar ham bo'ladi.
- "FarDU" o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?
- Biz Proligada yaxshi ishtirok etishni va shu orqali yuqoriga ko'tarilishni maqsad qilganmiz. Nasib qilsa g'alabalar ham bo'ladi va o'z muxlislarimizni xursand qilamiz.