Bugun 30-avgust kuni Toshkent shahrida “CAFA Nations Cup-2025” turnirining “A” guruhi uchrashuvlariga start berildi.
Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk turda O‘monga qarshi bahs olib bordi va o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi.
Jamoamizning goliga 55-daqiqada Hojimat Erkinov mualliflik qildi.
Milliy jamoa navbatdagi uchrashuvini 2-sentyabr kuni Turkmanistonga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs “Olimpiya” stadionida soat 19:30da start oladi.