iks
ads

Fermin va Gavi qizlar tufayli janjallashib qolganmi?

  • Mr.NoBoDy 03.09.2025 17:40
  • 1068
  • 30

Fermin Lopes Gavi bilan o'rtasida mojaro borligini inkor qildi.

Avvalroq OAVda "Barselona" futbolchilari o'rtasidagi munosabatlar ularning qiz do'stlari orasidagi mojarodan keyin keskinlashgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi. Shuningdek, Gavi "Barselona" rahbariyatidan Ferminni transferga qo'yishni so'ragani xabar qilingan.

"Men Gavi bilan 12 yoshimdan do'stman. Biz "Betis" davridan beri tanishmiz, lekin men "Barselona" akademiyasiga o'tganimdan beri u bilan aka-ukadekmiz. Biz birga ko'p narsalarni boshdan kechirdik.

Odamlar doimo o'zlaricha bir-nimalarni o'ylab topishadi, bu narsalar hech qachon o'zgarmaydi, lekin biz hali ham do'stmiz. Bizning munosabatlarimiz har doimgidek yaxshi", – dedi "Barselona" yarim himoyachisi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar