iks
ads

Elit OCHL. "Al Ahli" superkambek evaziga o'z maydonida "Nasaf"ni mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 16.09.2025 01:32
  • 198
  • 30

Elit OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Ahli" – "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Elit OCHL, 1-tur

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) – "Nasaf" (O'zbekiston) 4:2

15 sentyabr. Jidda shahri

Bosh hakam: Tanimoto Ryo (Yaponiya)

Yordamchi hakamlar: Takeshi Asada, Takebe Yosuke (ikkisi ham Yaponiyadan)

To'rtinchi hakam: Nagamine Koki (Yaponiya)

VAR: Hiroki Kasahara (Yaponiya)

AVAR: Vatanabe Kota (Yaponiya) 

Gollar: 0:1 – 34, Husayn Norchaev (Murod Rahmatov), 0:2 – 41, Husayn Norchaev (Oybek Bozorov), 1:2 – 65, Enzo Miyo, 2:2 – 68, Enzo Miyo, 3:2 – 90+4, Riyad Mahrez (Matteo Dams), 4:2 – 90+15, Muhammad Sulaymon (Abu Al Shamat)

"Al Ahli": 16.Eduar Mendi, 9.Al Buraykan (5.Muhammad Sulaymon, 46), 30.Al Johani (47.Abu Al Shamat, 62), 32.Matteo Dams, 28.Merih Demiral (20.Mateus Gonshalvesh, 46), 3.Rojer Ibanes, 8.Riyad Mahrez, 27.Majrashi (6.Valenten Atangana, 62), 79.Frank Kessi, 10.Enzo Miyo (29.Muhammad Abdulrahmon, 84), 17.Ayven Toni.

Zaxira: 1.Al Sanbi, 62.Abdo, 88.Al Haybri, 95.Fallata, 46.Hamidu

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murod Rahmatov (10.Dragan Cheran, 65), 18.Husayn Norchaev (20.Yusuf Otubanjo, 84), 19.Stefan Cholovich (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 65), 22.Igor Golban, 24.Sardor Bahromov, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (14.Sharof Muhitdinov, 75), 92.Umar Eshmurodov (9.Javohir Sidiqov, 84)

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 17.Suhrob Nurulloev, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Bahodir Xalilov, 55.Diyor Abdunazarov, 71.Javohir Ubaydullaev, 82.Asilbek No'monov.

Ogohlantirishlar: Sardor Bahromov (47), Rojer Ibanes (48), Zafarmurod Abdurahmatov (54), Enzo Millot (63)

Chetlatish: Alibek Davronov (90+13)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+15. GOL. Mezbonlar yana to'p kiritdi. Muhammad Sulaymon gol muallifi.

90+13. Davronovga so'nggi chora sifatidagi qo'pollik uchun qizil kartochka ko'rsatildi.

90+10. Ikki jamoa futbolchilari o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi.

90+8. Mendi xatoga yo'l qo'ydi, ammo Otubanjo to'pga eta olmadi.

90+4. GOL. Mahrez mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

90. Ikkinchi bo'limga 11 daqiqa qo'shildi.

86. Muhiddinovning jarimadan yo'llagan zarbasini Mendi qiyinchilik bilan qaytardi.

84. "Al Ahli"da bir, "Nasaf"da ikki o'zgarish.

82. Tonining zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

75. "Nasaf"da o'zgarish.

74. Nematov Mahrezning zarbasini qaytardi.

68. GOL. Miyo yana "Nasaf" darvozasini ishg'ol qildi.

65. GOL. Nematovdan xatosidan so'ng Miyo bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilib, hisobni qisqartirdi.

65. "Nasaf"da ikki o'zgarish.

63. Enzo Millot simulyaciya uchun ogohlantirildi.

62. "Al Ahli"da uch o'zgarish.

59. Mahrezning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq.

56. Toni raqib jarima maydonida yiqildi, qoida buzilmadi.

54. Zaxiradagi Abdurahmatov qo'shimcha to'pni maydonga tashlagani uchun ogohlantirildi.

52. Miyoning zrabasi noaniq.

51. "Nasaf"ning tezkor qarshi hujumi to'xtatildi.

48. Nematovga nisbatan qo'pol o'ynagan Ibanes ogohlantirildi.

47. Bahromov ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Al Ahli"da ikki o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45+4. VAR ehtimoliy penaltini ko'rib chiqdi, ammo qoidabuzarlik yo'q deb topdi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

45. Kessining zarbasini Nematov egalladi.

43. Kessi hujumda qo'l bilan o'ynadi.

41. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Norchaevdan dubl!!! Bozorovning ajoyib harakatlari va superpasidan keyin "Nasaf" hujumchisi o'z ishini qoyilmaqom bajardi!

40. Mezbonlarning jarimadan uzatmasini Nematov urib yubordi.

38. Nasrullaev Norchaevni qulay vaziyatga chiqarishga urindi, ammo uning pasi mo'ljalga etib bormadi.

34. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Norchaev!!! Demiralning pas berishdagi xatosidan so'ng tezkor qarshi hujum natijasida "Nasaf" hujumchisi yakkama-yakka vaziyatdan unumli foydalandi!

32. Mahrez boshlagan hujum ofsayd bilan yakunlandi.

30. Zarba! G'aybullaevning olisdan yo'llagan zarbasini Mendi qaytardi.

28. Futbolchilar suv ichib olishdi.

26. Nasrullaevning zarbasi himoyachidan qaytdi, keyinchalik Norchaev fol ishlatdi.

24. Mahrezning bosh bilan yo'llagan zarbasi biroz noaniq.

23. Nasrullaevning uzatmasi Mendining qo'llariga borib tushdi.

21. Chap qanotdan boshlangan hujumni Golban bartaraf etdi.

19. "Al Ahli" futbolchisi ofsaydda qoldi.

18. Davronov pas berishda xato qildi, Nematov ildamlik bilan to'pga peshvoz chiqdi.

17. "Nasaf" futbolchilari dastlabki daqiqalarda haddan ortiq qoidabuzarlik sodir etmoqda.

14. Norchaev hujumda fol ishlatdi.

14. Nematov ishonchli harakat qilib, raqib hujumchisining to'pni egallashiga yo'l qo'ymadi.

9. Mahrezning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq.

8. Yana fol. Bahromov nohaq.

7. Standart vaziyat bartaraf etildi.

7. Mahrezga nisbatan fol ishlatildi.

2. Bozorov Al Johaniga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga tushishdi. "Al Ahli" oq-yashil, "Nasaf" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Uchrashuv o'tkaziladigan "Qirol Abdulloh Sport Siti" arenasi shunday ko'rinishda. 

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! "Nasaf"ning qita musobaqasidagi ilk yurishini matnli ko'rinishda etiboringizga havola etamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar