iks
ads

Ro'ziqul Berdiev: "Darvozabonimiz oldinga chiqishi xato bo'ldi, lekin chiqqanga yarasha to'g'ri o'ynashi kerak edi"

  • Mr.NoBoDy 16.09.2025 02:24
  • 149
  • 30

"Al Ahli" hamda "Nasaf" o'rtasidagi OFK Elit Chempionlar ligasi 1-tur uchrshuvidan (4:2) so'ng, mehmon jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun yulduzli va mahroatli jamoaga qarshi maydonga tushdik. Charchoq alomatlari bo'lgani tufayli xatolarga yo'l qo'ydik va tashabbusni raqibga topshirdik. 


- Mag'lubiyatning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Birinchi golda xatoga yo'l qo'ydik. Darvozabonimiz oldinga chiqishi xato bo'ldi, lekin chiqqanga yarasha to'g'ri o'ynashi kerak edi. U to'pni noto'g'ri qabul qildi. Birinchi goldan so'ng raqib uyg'ondi va tashabbusni qo'liga oldi. Ikkinchi golni o'tkazganimizdan so'ng charchoq alomatlari yaqqol sezildi va ko'p vaziyatlarga imkon bera boshladik. Mag'lubiyatimizning birinchi sababi - xatoliklar. Charchoq o'yinimizga tasir qilishini bilar edik. Yigitlar munosib harakat qilishdi, ammo mahorat bobida ustunroq bo'lgan jamoa g'alaba qozondi. 


Bugun 4ta gol o'tkazdik, "Al Ahli"da yuqori mahoratga ega futbolchilar yig'ilgan. OFK Elit Chempionlar ligasidagi jamoalarning saviyasi juda yuqori. Kuchli jamoaga mag'lub bo'ldik.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar