iks
ads

Husayn Norchaev: "Vaziyat qizil kartochkaga tortmas edi"

  • Mr.NoBoDy 16.09.2025 02:48
  • 1649
  • 30

"Al Ahli" hamda "Nasaf" o'rtasidagi OFK Elit Chempionlar ligasi 1-tur uchrshuvidan (4:2) so'ng, ushbu bahsda dubl qayd etgan "ajdarlar" hujumchisi Husayn Norchaev saytimizga bahs haqida fikrlarini bildirdi.

- O'yin "Nasaf" uchun juda yaxshi boshlandi, ikkinchi bo'limda nima bo'ldi?

- Ikkinchi taymda etiborni yo'qotdik deb o'ylayman. "Al Ahli" kuchli jamoa, tarkibida mahoratli futbolchilar yig'ilgan. Xatoimizni tezda jazolashdi.

- Qizil kartochka bo'yicha nima deysiz, bu asabdanmi?

- Vaziyat qizil kartochkaga tormas edi, chunki ikki futbolchi bir-biriga elka bilan o'ynashdi, buni maydondan ko'rdik. Endi video orqali takroran tomosha qilamiz.

- Asosiysi ikkita gol urdingiz, bu to'purarlar ro'yxatida o'z aksini topadi. Ikkinchi golni Ronaldu uslubida nishonladingiz, sababi Krishtianu Saudiya Arabistonida o'ynayotgani uchunmi?

- Shunaqa desa ham bo'ladi. Gol urib, jamoamga foydam tekkanidan xursandman, chunki hujumchiman. Keyingi bahslarda g'alaba qozonishga yaxshiroq harakat qilamiz. Bu bahs biz uchun dars bo'ladi. Yigitlarga qo'shimcha tajriba... "Al Ahli"ga munosib qarshilik ko'rsatdik deb o'ylayman.

- "Nasaf"ga buyog'iga qiyin bo'ladi. Chunki Superligada chempionlikni himoya qilishga urinasiz va OFK Elit Chempionlar ligasida munosib qatnashishga harakat qilasiz. Bu bir-biriga halaqit qilish mumkinmi?

- Yo'q, bu menimcha salbiy tasir ko'rsatmaydi. Bunday kuchli jamoalarga qarshi o'yin yoqimli. Har 4-5 kunda maydonga tushamiz, yaxshi tiklanib, har bir bahsga munosib tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar