iks
ads

Mirko Elichich: "Olimpik-MobiUz" – sifat va tezlik bobida ajralib turadigan, hujumkor o'ynaydigan jamoa"

  • Mr.NoBoDy 16.09.2025 20:08
  • 374
  • 30

Pro liga 14-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Olimpik-MobiUz" bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirko Elichich matbuot anjumanida qatnashdi.

"O'yin qiyin kechishini bilardik. "Olimpik-MobiUz" – sifat va tezlik bobida ajralib turadigan, hujumkor o'ynaydigan jamoa. Bu o'zbek futboli uchun foydali", – dedi Elichich.

- Diyorjon Turopovning chetlatilishi bilan bog'liq vaziyat haqida nima deya olasiz?

- Bu haqda gapirish qiyin. Har doim intizomli bo'lish kerak. Buni o'yindan oldin ham takidlagandik. Biz hakamning qaroriga qarshi borolmaymiz. Ular jarayonda hammasidan boxabar bo'lib turishadi. 

- Ikkinchi bo'limda vaziyatlar juda kam edi. Bu chetlatish tufaylimi yoki boshqa sababi bormi?

- Bir kishi kam bo'lib qolganingizda, hammasi o'zgarib ketadi. Rejalar o'zgaradi. Bunda jismoniy holatni inobatga olish muhim. To'g'ri qarorlar qabul qilish ham talab etiladi. Vaziyatni o'rganib chiqamiz va kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- "Lokomotiv" keyingi turda "Aral"ga qarshi o'ynaydi. Ular hozir 1-o'rinda. O'yin qanday kechadi deb o'ylaysiz?

- Har bir o'yin og'ir o'tadi. Oson o'yinning o'zi yo'q. Har bir jamoada o'z uslubi bor. Hammada maqsad va vazifalar mavjud. "Aral" bilan jismoniy kuchga tayangan, yaxshi o'yin bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar