iks
ads

"Navbahor" futbol maktabi "Ayaks" futbol akademiyasi boshqaruviga beriladi

  • Mr.NoBoDy 16.09.2025 21:00
  • 279
  • 30

Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida davlatimiz rahbari "Navbahor" futbol klubi haqida ham to'xtalib o'tdi. 

"Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo'lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o'yin emas, bu – hayot tarzi. Har bir bola mahallada to'p tepib katta bo'ladi. “Navbahor”ning har bir o'yini – shahar uchun katta bayram”, - dedi davlatimiz rahbari. 

Yaqinda "Navbahor" futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur "Ayaks" futbol akademiyasi boshqaruviga berish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.

Prezidentimiz kelajakda bu akademiyada dunyoning "top" klublarida o'ynaydigan, jahon chempionatlarida o'z mahoratini namoyon qiladigan ko'plab futbolchilar etishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar