iks
ads

Farhod Nishonov: "Pro ligaga VAR albatta kerak"

  • Mr.NoBoDy 16.09.2025 20:48
  • 354
  • 30

Pro liga 14-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Olimpik-MobiUz" bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uzoq tanaffusdan so'ng rasmiy o'yinda maydonga tushdik. Bu yaxshimi yoki yomonmi, bilmayapman. O'yindan-o'yinga muddat uzoq bo'lib ketyapti. Futbolchilarni o'yin ritmida ushlash biroz qiyin bo'lyapti. "Lokomotiv"ni yaxshi o'rganib chiqqan edik, tan olaman, munosib jamoa. Tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilari bor. Murabbiylar shtabi ham tanish va tajribali. Jamoaviy o'yini, mahoratli futbolchilari bor. Kuchli raqibga munosib qarshilik qila oldik. O'yin boshlanishi rejamiz asosida ketayotgandi, keyin standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. Muammolar yuzaga kela boshladi. Umuman olganda, yigitlarga rahmat — kurashishdi, vaziyatlar yaratishdi", — deydi Farhod Nishonov.

— O'yin durangga mos bo'ldimi?
— G'alaba qozonishni reja qilgan edik, chunki ikkinchi bo'limda ustunlik qildik. Biz tajribali va mahoratli futbolchilarga muhtojmiz. Agar vaziyatlardan foydalanganimizda, g'alaba qozonar edik.

— Bu mavsum "Olimpik-MobiUz" chempion sifatida Superligaga yo'l olmasa, buni muvaffaqiyatsizlik sifatida hisoblaysizmi?
— Agar Superligaga yo'l ololmasak, bu yoshdan so'ng bunday yigitlarni yig'a olmaymiz. Elitaga chiqsakgina kuchli tarkibni saqlab qolishimiz mumkin. Superligaga yo'llanma ololmasak, tarkibni saqlab qola olmaymiz. Superligaga chiqishimiz kerak, biz harakat qilamiz.

— Turnir jadvali tig'iz ko'rinishda. "Aral" peshqadam bo'lib oldi. Jadval haqidagi fikringiz qanday?
— Uchta jamoa bir-biriga yaqin. Bu kurash oxirigacha davom etadi. "Aral"ning ham o'ziga yarasha o'yin uslubi bor, ularning maydonida o'ynash juda qiyin. Biz oxirigacha kurashamiz.

— Qizil kartochkalar haqida...
— Buni ko'rib chiqib tahlil qilish kerak. O'ylashimcha, qizil kartochkalar to'g'ri qaror bo'ldi. "Lokomotiv" futbolchisi agressivroq harakat qildi.

— Pro ligaga VAR kerakmi?
— Albatta, kerak. Ko'ryapsizki, bahsli vaziyatlar ko'p bo'lmoqda. VAR qo'llanilsa, to'g'riroq bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar