Avvalroq "Barselona" qanot hujumchisi La Liganing 4-turida "Valensiya"ga qarshi o'yinni (6:0) chov sohasidagi noqulaylik tufayli o'tkazib yuborgandi. Kataloniya jamoasining bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchining Ispaniya terma jamoasi uchun og'riq bilan o'ynaganini malum qildi. Payshanba kuni "ko'k-anorranglilar" Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida "Nyukasl" mehmoni bo'ladi. The Athletic nashrining xabar berishicha, Yamal chov jarohatlanishi sababli ushbu o'yinda ishtirok etmaydi.