Xabarlarga ko'ra, yarim himoyachi "Al Hilol" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
"U [Ruben Amorim] keyingi mavsumda raqobatbardosh jamoaga ega bo'lishni xohlaydi. Bizga ko'proq himoyachilar, yaxshi hujumchi va ehtimol, Brununi qo'llab-quvvatlash uchun bir necha yarim himoyachi kerak.
Eshitishimcha, Saudiya Arabistonida Brunu uchun katta pul taklif qilishgan va men uni qo'yib yuborishsa, bu xato bo'ladi deb o'ylayman.
Odamlar uning yoshi – 30 da ekanini gapirishadi. Yo'q! U jamoaning eng muhim o'yinchisi. Menimcha, agar Brunu bo'lmaganida, ehtimol, biz Evropa Ligasi finaliga chiqmagan bo'lardik", – dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Sky Sports’ga bergan intervyusida.