FIFA bir jamoani klublar o‘rtasidagi jahon chempionati-2025 ishtirokchilari safidan chiqarganini e’lon qildi

  • Mr.NoBoDy 21.03.2025 22:22
  • 609
  • 30

FIFA Meksikaning "Leon" klubini klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 2025 ishtirokchilari safidan chiqarganini rasman e’lon qildi. FIFA tekshiruv o‘tkazib, "Leon" va "Pachuka" klublari reglament mezonlariga javob bermasligini aniqladi, chunki ularning egalari bitta.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Pachuka" ishtirok etadi, "Leon" esa musobaqadan chetlatilgan. Keyinroq FIFA turnirda Meksika jamoasi o‘rnini egallaydigan klub nomini e’lon qiladi.

"Leon" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 2025 da "Chelsi," "Flamengo" va "Esperans" bilan bir guruhda ishtirok etishi kerak edi. Endi bu uch jamoa yangi raqib kutadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar