Brunu Fernandesh: "Umid qilamanki, kelasi yili eng yaxshisi men bo'lmayman"

  • Mr.NoBoDy 16.05.2025 01:48
  • 66
  • 30

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh jamoaning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisiga aylangandi.

Portugaliyalik futbolchi ushbu etirof uchun asosiy davogar bo'lgandi va so'rovnomada eng ko'p ovoz to'pladi.

"So'nggi kunlarda men Zirkzi bilan gaplashdim va u mendan: "Kelasi yili men ham sen kabi o'ynayman va davogarlar safiga kirmaslikka ham roziman", deb aytdi. Demak, u barchaning ishlari yaxshi bo'lishini istamoqda. Unday holatda men dunyoning eng baxtli insoniga aylanaman. Umid qilamanki, kelasi yili eng yaxshisi men bo'lmayman. Bu erda jamoadoshlarimga yordam berish uchun kelganman", - dedi Fernandesh.

Brunu ushbu mavsumda 54 o'yinda 19tadan gol va assist qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar