Alisher Uzoqov, DiliMe, Mehriddin Rahmatov, "Sariq bola", Isroil Madrimov, Davron Fayziev va boshqalar. "Like Cup" yulduzlar futbol turniriga qura tashlandi

  • Mr.NoBoDy 18.05.2025 20:56
  • 474
  • 30

Alisher Uzoqov tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur turnirning uchinchi mavsumi start olmoqda.

Bugun Yoshlar ijod markazida turnirda ishtirok etuvchi 8 ta jamoa vakillari guvohligida qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. "Like Cup"ning uchinchi mavsumida vayner DiliMe boshchiligidagi "Kotta Bolla", Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Hasanboy Do'smatov kabi boks yulduzlaridan iborat "Nokaut", vayner Qodir Tolipov boshchiligidagi "Drama Yunayted", vayner Badriddin Husniddinov boshchiligidagi "Al Badr", Mehriddin Rahmatov sardorligidagi "Teatr", mashhur klipmeyker Rauf Nabiev boshchiligidagi "Dutor", vayner Bobur Mansurov boshchiligidagi "Malades" va vayner Jahongir Xo'jaev boshchiligidagi "Sariq Bola" jamoalari ishtirok etishadi. 

26 may kuni start oladigan musobaqa g'olibi 4 iyun kuni malum bo'ladi. Qura natijalariga ko'ra, "Al Badr", "Nokaut", "Drama" va "Sariq bola" jamoalari "A" guruhidan, "Teatr", "Malades", "Dutor" va "Kotta bolla" jamoalari "B" kvartetidan joy olishdi.



Foto: Jahongir Fayzullaev

Ўхшаш янгиликлар