Isroil hujumi tufayli Taremi jahon chempionatiga bora olmadi

  • Mr.NoBoDy 14.06.2025 17:16
  • 60
  • 30

Italiya axborot agentligi (ANSA) xabar berishicha, "Inter"ning eronlik hujumchisi Mehdi Taremi Isroilning Eronga boshlagan harbiy operaciyasidan so'ng jamoasining Kaliforniyadagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga qo'shilish uchun AQSHga bora olmagan.

Italiya klubi turnirdagi ishtirokini seshanba kuni kechqurun Meksikaning "Monterrey" jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. "Inter" "E" guruhida Argentinaning "River Pleyt" va Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" jamoalari bilan kuch sinashadi.

ANSA malum qilishicha, 32 yoshli Taremining parvozi mamlakat havo hududi yopilgani sababli xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilingan.

Xabarda aytilishicha, "Inter" futbolchi bilan doimiy aloqada bo'lib, unga turnir boshlanishidan oldin jamoadoshlari safiga qo'shilish imkonini beradigan echim topishga harakat qilmoqda. Biroq xavfsizlik sabablari tufayli vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

Taremi Eron terma jamoasi bilan 2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo mintaqasi saralash bosqichida ishtirok etgan edi. Eron "A" guruhida birinchi o'rinni egallab, mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar