"Nasaf" klubi va O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Akmal Mozgovoy BAAning "Baniyas" klubi futbolchisiga aylandi. Amirliklar klubi futbolchini tanishtirdi. Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning malumotiga ko'ra Mozgovoy "Baniyas"da oyiga 50 ming evrodan ko'proq maosh oladi.
"Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Akmal jamoa bilan birga 3 marotaba O'zbekiston Kubogi, 3 marotaba Superkubokni, bir martadan Superliganing oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritdi.
https://x.com/i/status/1942593856169451574