Championat.asia hamda Transfermarkt O'zbekiston Superligasining o'tgan oydagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi

  • Mr.NoBoDy 08.07.2025 21:08
  • 45
  • 30

Ikki sayt hamkorligi doirasida O'zbekiston Superligasining iyun-iyul oylaridagi eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi kimligiga oydinlik kiritildi.

So'rovnomada Championat.asia xodimlari hamda Transfermarkt'ning rus bo'limi rahbari Georgiy Lekarev va mehmon ekspert – sharhlovchi Otabek Jo'raev ishtirok etdi.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, Ilyos Zeytullaev iyun-iyul oylarida Superliganing eng yaxshi murabbiyi bo'ldi. Uning qo'l ostida "Bunyodkor" 4 o'yinda 3 g'alaba ("Dinamo" 3:0, "So'g'diyona" 3:2 va "Andijon" esa 2:0 hisobida mag'lub etildi) va 1 durang (1:1) qayd etdi. "Bunyodkor" yozgi tanaffusga 27 ochko bilan 4-o'rinda yo'l oldi. So'rovnomada qatnashganlarning 70 foizi Zeytullaevga ovoz berdi.

"Nasaf" forvardi Husayn Norchaev Superligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U "Bunyodkor" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqovdan atigi bir ovozga o'zib ketdi (35 foizga 30 foiz). Norchaev hisobida 4 o'yinda 4 ta gol bor. O'zbekiston chempionatining birinchi davrasidan keyingi to'purarlar ro'yxatida Norchaev "Bunyodkor" hujumchisi Luis Kachorri bilan birga 3-4-o'rinlarni egallab turibdi (ularda 8 tadan gol bor).

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar