Keylor Navas Meksika chempionatiga yo‘l olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 08.07.2025 22:11
  • 72
  • 30

“Nyuellz Old Boyz” darvozaboni Keylor Navas faoliyatini Meksikaning chempionatida davom ettirishi mumkin.

Kosta-rikalik 38 yoshli darvozabon xizmatiga “Pumas” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu klub yaqinda uelslik yarim himoyachi Aaron Remzi bilan bitim imzolagandi.

Navasning o‘zi Meksika chempionatiga yo‘l olishga qarshi emas va uning agentlari allaqachon “Pumas” vakillari bilan muzokaraga kirishgan.

Eslatib o‘tamiz, Keylor “Real” bilan 3 marotaba Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar