KO‘JCH. Yarim final. «Fluminense» — «Chelsi»: Jamoalarning asosiy tarkiblari e’lon qilindi

  • Mr.NoBoDy 08.07.2025 23:11
  • 69
  • 30

Bugun, 2025 yil 8 iyul kuni, 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim final bahsida Braziliyaning «Fluminense» va Angliyaning «Chelsi» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu bellashuv AQSHning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati. Yarim final
8 iyul, seshanba. 23:59
«Metlayf» stadioni, Ist-Raterford, AQSH
Fluminense (Rio-de-Janeyro, Braziliya) - Chelsi (London, Angliya)
Fluminense: Fabio, Ignasio, Silva, Santos, Guga, Bernal, Erkules, Nonato, Rene, Aryas, Kano.
Chelsi: Sanches, Gyusto, Adarabioyo, Chaloba, Kukurelya, Kaysedo, Fernandes, Palmer, Nkunku, Netu, Pedro.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/4 finalida «Fluminense» Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. «Chelsi» esa Braziliyaning «Palmeyras» klubini 2:1 hisobida yengdi.

Musobaqa AQSHda bo‘lib o‘tmoqda va 13 iyul kuni yakunlanadi. Final uchrashuvi ham «Metlayf-stedium»da, Nyu-Jersi shtatidagi Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yarim finalning ikkinchi juftida «PSJ» va «Real» jamoalari finalga yo‘llanma uchun bahs olib boradilar.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar