Italiyalik mashhur murabbiy Karlo Anchelottining o‘g‘li Davide Braziliyada ish boshladi.
Davide Anchelotti “Botafogo” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
35 yoshli italiyalik mutaxassis Braziliya klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Bunga qadar u otasi bilan birgalikda “Real”, “Everton”, “Napoli” va “PSJ” klublarida ishlagan.
Eslatib o'tamiz, “Botafogo” amaldagi Braziliya chempioni hisoblanadi.