"Biz futbolchilar sonini kamaytirishimiz lozim. Menga buncha ko'p futbolchi bilan mashg'ulot olib borish yoqmayapti. Ko'plab futbolchilar jamoani tark etishlari kerak. Transfer oynasi ochiq va biz bir nechta futbolchidan qutilishimiz mumkin. Ko'ramiz, kim qaerga ketar ekan", - deb fikr bildirgan Gvardiola.
Avvalroq, yozda jamoani Shtefan Ortega, Jeyms Makati, Ederson, Jek Grilish kabi futbolchilar tark etishi haqida xabarlar tarqalagandi.