Akmal Rustamov: "Qizilqum" himoyaviy futbol o'ynamoqda deb ko'p gapirishyapti, men ushbu fikrga qo'shilmayman"

  • Mr.NoBoDy 12.08.2025 21:16
  • 54
  • 30

Superliga 18-turidan o'rin olgan OKMK - "Qizilqum" (0:0) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ikkinchi davrada zich taqvim bo'lib qoldi. Shu sababli har uch yoki to'rt kunda o'yin o'tkazyapmiz. Jismoniy holatga tasir qilmoqda. Shuning uchun rotaciya qilishga majbur bo'ldik. Futbolchilarim maydonda borini berganlari uchun rahmat aytaman. Bugun ham ikkita yoki uchta yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik. "Qizilqum" himoyaviy futbol o'ynamoqda deb ko'p gapirishyapti, men ushbu fikrga qo'shilmayman. Himoyada o'ynagan bo'lsak ham, bugun raqibdan ko'ra yaxshiroq va xavfliroq imkoniyatlar yaratdik. Chempionatimiz juda raqobatbardosh. Bugundan boshlab keyingi bahs haqida o'ylashimiz kerak. Xorazmgacha masofa ancha uzoq. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib, "Xorazm"ga tayyorgarlik ko'ramiz." - dedi Akmal Rustamov bugungi bahs haqida.

- Zich taqvimga qaramay "Qizilqum" sizning qo'l ostingizda hali mag'lubiyatga uchramadi. Buning siri nimada?

- Jamoani menga ishonib topshirishganidan keyin biz bir oila bo'ldik. Bir oila bo'lib harakat qilyapmiz. Asosiy siri shu.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar