29 yoshli ingliz futbolchi 2025/26 yilgi mavsumni Liverpulda ijara asosida o'tkazadi.
Xabarlarga ko'ra, "Everton" Jekni 50 million funt sterlingga sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Grilish "Aston Villa"dan 100 million funt sterlingga transfer qilinganidan so'ng "Man Siti"da to'rt mavsum o'ynadi va 7 ta sovrinni qo'lga kiritdi, jumladan Chempionlar ligasi va uchta Angliya Premer-ligasi chempionligini.
O'tgan mavsumda Grilish Premer-ligadagi 20 ta o'yinda bir gol urdi, bir golli uzatma berdi va uchta sariq kartochka oldi.