"Bahoni muxlislar beradi. Biz bugungi uchrashuv qanday kechganini tahlil qilib chiqishimiz kerak. "Qizilqum" o'z vazifasini uddaladi. Yaxshi himoyalandi va bo'shliqlar qoldirmadi. Shu sababli ancha qiynaldik. Durang natijasi to'g'ri bo'ldi. Maqsadimiz avvalambor muxlislarni xursand qilish va g'alaba qozonish edi, ammo bunday o'yinlar ham uchrab turadi. Raqib bugun juda munosib qarshilik ko'rsatdi. Biz bugun ikki ochko yo'qotdik, lekin adolatli durang qayd etildi. G'alaba qozonish uchun gol urish kerak. Uch kundan so'ng yana o'yinimiz bor. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz" - dedi Mirjalol Qosimov bugungi bahs haqida.