Hujumchi "Milan"ga o'tishga yaqin. Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichini olib borishmoqda. Milanliklar futbolchini sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishadi. "Milan" Rasmus Xoylundning ijarasi uchun 5-6 million evro to'laydi. To'liq sotib olish uchun esa 30 million evroga yaqin pul ajratadi.
Eslatib o'tamiz, Rasmus Xoylund o'tgan mavsum "Manchester Yunayted" safida Angliya chempionatida 32 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan.