Kristal Pelas - Liverpul 1:2 LIVE
Gollar: Ugo Ekitike (40, 0:1), Mateta (17-pen, 1:1), Frimpong (21, 1:2).
Kristal Pelas: Xenderson, Gexi, Lakrua, Richards, Eze, Sarr, Mitchell, Munos, Uorton, Kamada, Mateta.
Zaxiradagilar: Benites, Klayn, Sosa, Kardines, Devenni, Xyuz, Esse, Lerma, Eduar.
Liverpul: Alisson, Kerkez, van Deyk, Konate, Frimpong, Soboslai, Djons, Virtc, Gakpo, Salax, Ekitike.
Zaxiradagilar: Mamardashvili, Robertson, Elliott, Endo, Mak Allister, Noni, Ngumoxa, Keza, Douk.
YANGILASH
28. Daichi Kamada jarohat oldi. U almashtiriladiganga o'xshamoqda.
21. GOOOOOOOOLLL!! FRIMPONGDAN SUPER GOL! Hisob tezda o'zgardi. "Liverpul" xatto tabloda durang ko'p turishini ham istamayapti.
18. To'g'risini aytganda, hatto "Kristal Pelas"ning gol ham ura olmasligi taxmin qilingandi. Biroq "Pelas" o'yinni yaxshi davom ettirmoqda.
17. GOOOOOOOLLLLL!! MA-TE-TA!!! Jan-Filipp penaltidan unumli foydalandi!
15. UXXXX!! SYURPRIZ! "Kristal Pelas" penalti tepadi. Virjil jarima maydonchasi ichida Sarrni yiqitdi.
14. ZARBAAAAAAAA!!! UXXXXX! Gakponing yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Xenderson qaytardi. Ha, ofsayd bor ekan. Lekin seyv de fakto)
13. "Kristal Pelas" yana bir bor zarba berishga urinib ko'rdi. Lekin bunga erisha olmadi. Mateta ofsaydda qolib ketdi.
12. Nominal mezbonlar burchak zarbalariga ega bo'lishdi, biroq bundan samara chiqmadi.
8. "Pelas" o'yinni darvozasidan biroz bo'lsa-da, uzoqlashtirishga erishmoqda. Lekin ularning hujumga o'tishi juda qiyinlashib ketdi.
4. GOOOOOOOLLLL!! UGO E-KI-TI-KE! 80 million ilk o'yindanoq o'zini oqlashni boshladi. Chiroyli gol ko'rdik. Aytgancha, Florian Virtcdan assist.3. Bahs "Liverpul"ning hududiy ustunligi bilan boshlandi. Londonliklar to'pni raqiblariga topshirib qo'yishgan va himoyalanishga majbur bo'lishmoqda.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Bahs reja qilinganidek o'z vaqtida start olmadi. Jamoalar Diogu Jota xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashdi.
-Hurmatli futbol ishqibozlari! Mavsumdagi ilk rasmiy o'yin start olish arafasida.