Meksika terma jamoasining afsonaviy darvozaboni Gilermo Ochoa faoliyatidagi oltinchi bo‘ladigan JCH-2026da ishtirok etish niyati borligini ma’lum qildi.
"Men jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashish niyatidaman. Men iltifot so‘raganim yo‘q, uni qo‘lga kiritmoqchiman. Bu turnirda qatnashish aql bovar qilmaydigan narsa bo‘lardi. Men yuqori saviyani saqlab qolish uchun klubda har kuni mashg‘ulot o‘taman", dedi darvozabon.
30 iyun kuni Ochoa o‘tgan mavsumni o‘tkazgan Portugaliyaning ABC klubi bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agentga aylandi.